Toshkentda haydovchi Captiva`da YPX postidan o‘tishga urindi. Ammo...

Jamiyat

image
IIBB Toshkent viloyatida qurol ko‘tarib yurgan shaxslar kimligini aniqladi north_east

IIBB Toshkent viloyatida qurol ko‘tarib yurgan shaxslar kimligini aniqladi

Kecha, 15 aprel kuni Toshkent shahrining Yunusobod tumanida 23 yoshli haydovchi Mirabbos A. Captiva rusumli avtomobilda Yo‘l-patrul xizmati postidan o‘tib ketishga urinib yo‘l-transport hodisasiga uchradi.

Toshkent shahar IIBBning ma’lum qilishicha, Xalqobod ko‘chasida mahalladan chiqishda statsionar post bo‘lgan. Haydovchi YPX xodimi talabiga bo‘ysunmay, o‘tib ketishga harakat qilgan. Keyin boshqaruvni eplay olmay, daraxtga urilgan.

Yo‘l-transport hodisasidan keyin haydovchi tajovuzkor harakatlar bilan xodimlarni haqorat qilgan va ularning qonuniy talabiga qarshiilk ko‘rsatgan. Haydovchining tashqi belgilari va harakatlari uning mast ekanini ko‘rsatgan va bu tibbiy tekshiruvda tasdiqlangan.

Haydovchiga nisbatan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 183 (“Mayda bezorilik”), 194 (“Ichki ishlar xodimining qonuniy talabiga bo‘ysunmaslik”), 131 (“Avtotransport vositasini mast holatda boshqarish”), 134-(“Haydovchilarning yo‘l harakati qoidalarini buzishi transport vositalarining yoki boshqa mol-mulkning shikastlanishiga olib kelishi”) moddalari bilan ma’muriy bayonnoma tuzilib, avtomobil jarima maydoniga joylashtirilgan. Qoidabuzar qo‘lga olingan.

Yig‘ilgan materiallar Ma’muriy ishlar bo‘yicha Yunusobod tuman sudiga yuborilgan.


Maqola muallifi

Teglar

YTH Toshkent post

Baholaganlar

309

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing