IIBB Toshkent viloyatida qurol ko‘tarib yurgan shaxslar kimligini aniqladi

Jamiyat

image

Ijtimoiy tarmoqlarda Yangiyo‘l shahar Navro‘z dahasida joylashgan 4-uy oldida 3 nafar notanish shaxslar daydi itlarni otib ketishmoqda izohi bilan ijtimoiy tarmoqlarda xabar tarqatildi. Toshkent viloyati IIBB holat yuzasidan ma’lumot berdi.

Mazkur holat yuzasidan, kecha, 15 aprel kuni Toshkent viloyati IIBB JQB va Yangiyo‘l shahar IIB JQB xodimlari tomonidan olib borilgan tezkor surushtiruv ishlari davomida ushbu notanish shaxslar kimligi aniqlangan. Ular Yangiyo‘l shahar Navro‘z dahasida yashovchi 1976 yilda D.S., 1982 yilda tug‘ilgan A.X. va 1983 yilda tug‘ilgan A.K. ekanligi aniqlangan va ulardan 2 dona sport pnevmatik (tir) miltig‘i, hujjatlari bilan daliliy ashyo sifatida rasmiylashtirib, olingan.

Shuningdek, ular suhbat jarayonida o‘zlariga tegishli bo‘lgan sport pnevmatik (tir) miltiqlarini Toshkent shahridagi “Dinamo” sport do‘konidan hujjatlar asosida rasmiylashtirib olganligini va karantin davrida yosh bolalari uyda bo‘lganligi sababli, xavfsizlik yuzasidan ushbu qurollarni tanishi “Ulug‘bek” ismli shaxsning uyiga olib ketayotganligini va hech qanday jonivorlarga qarata o‘q otmaganligini ma’lum qilishgan.

Hozirda mazkur holat yuzasidan Yangiyo‘l tumani IIB tomonidan tezkor surishtiruv ishlari olib borilmoqda. Batafsil ma’lumot beriladi. 


Maqola muallifi

Teglar

qurol Toshkent viloyati

Baholaganlar

548

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing