Toshkentda Matiz beton simyog‘ochga urildi. Haydovchi voqea joyida vafot etdi
Jamiyat
−
28 avgust 2020
6884Toshkentda tezlikni oshirgan haydovchi uxlab qolishi natijasida yo‘l-transport hodisasiga uchradi. Natijada o‘zining hayotiga yakun yasadi, bir kishi halok bo‘ldi. Bu haqda YHXBB xabar berdi.
Voqea, kecha, 27 avgust kuni soat 02:30 da, Mirobod tumanidagi “Temir yo‘l” muzeyi qarshisida sodir bo‘lgan. 1995 yilda tug‘ilgan haydovchi A.A. Matiz rusumli transport vositasida tezlikni me’yoridan oshirgan holda harakatlangan.
Haydovchi charchoq sabab boshqaruv vaqtida uxlab qolgan va yo‘lning qarama-qarshi yo‘nalishiga chiqib, beton simyog‘ochga urilgan. Natijada, Matiz avtomobil haydovchisi 25 yoshli A.A. og‘ir tan jarohatlari olib voqea joyida vafot etgan. Matiz avtomobil yo‘lovchisi 32 yoshli M.T. tan jarohati olib shifoxonaga yotqizilgan.
Mazkur YTH yuzasidan Mirobod tumani IIO FMB huzuridagi tergov bo‘limi tomonidan dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.
Ahrorbek Hayrullayev
LiveBarchasi