Toshkentda harbiy kanalda cho‘kayotgan ona-bolani qutqardi
Jamiyat
−
25 iyul 2021
12184Kecha, 24 iyul kuni Toshkentda harbiy xizmatchi kanalda cho‘kayotgan ona va bolani qutqarib qoldi. Bu haqda Mudofaa vazirligi Matbuot xizmati xabar berdi.
Voqea soat 17:30 larda yuz bergan. Shayxontohur tumani “Anhor” kanalida ikki yashar bola va uning onasi cho‘kayotganda Mudofaa vazirligi harbiy xizmatchisi serjant Ravshan Axmadjonov tomonidan qutqarib qolingan.
Qayd etilishicha, ona va bolaga tibbiy yordam ko‘rsatilgan, hozirda ona-bolaning ahvoli qoniqarli, harbiy vrachlar nazoratida.
Avvalroq Shimoliy Farg‘ona kanalida cho‘kayotgan ayol qutqarib qolingani haqida xabar bergan edik.
LiveBarchasi