Toshkentda erkak suvda oqib ketayotgan bolani qutqarib qoldi (video)
Jamiyat
−
15:45 2060 1 daqiqa
Toshkent shahrining Mirzo Ulug‘bek tumanidan o‘tuvchi kanalda oqib ketayotgan bolakay fuqaro tomonidan qutqarib qolindi. Bu haqda Toshkent shahar Favqulodda vaziyatlar bosh boshqarmasi xabar berdi.
Ma’lum bo‘lishicha, fuqaro ushbu hududga videorolik suratga olish uchun borgan vaqtida tasodifan voqeaga duch kelgan. U qo‘rqmasdan suvga tushib, bolakayni qutqarib qolgan.
Joriy yilning 29 avgust kuni ijtimoiy tarmoqlarda 3 yashar bola kanalda oqib ketayotgani va bir erkak bolani qutqarib qolish uchun suvga tushgani ko‘ringan videolar tarqalgan edi. Unda erkak suvga tushib, bolani qutqargani, shungdek, uni suvdan olib chiqqanidan so‘ng bolani tanasidan suvni chiqarib tashlashga harakat qilgani ko‘ringan. Shundan so‘ng, erkak bolani ko‘tarib, kanalning bu tomoniga olib o‘tgan.
Fuqaro ota-onalarni farzandlariga befarq bo‘lmaslikka, shuningdek, bolalarni cho‘milish taqiqlangan joylarga yubormaslikka chaqirgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkent shahridagi “Bo‘rijar” kanalida cho‘kayotgan 13 yashar bola qutqarib qolingan edi.
Live
Barchasi