Toshkentda ham Lepsning konserti bekor qilindi

Madaniyat-san’at

image

Rossiyalik xonanda Grigoriy Lepsning joriy yilning 23 oktyabr kuni Toshkent shahridagi "Xalqlar do‘stligi" san’at saroyida bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan konserti bekor qilindi. Bu haqda O‘zbekiston Madaniyat va turizm vazirligi ma’lum qildi.

Qo‘shiqchining konsertiga chipta sotib olganlar ularni saroy kassalariga qaytarib berishi mumkinligi aytilgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Qozog‘iston va Qirg‘izistonda ham san’atkorning konsertlari bekor qilingandi. Bu uning Rossiya Ukrainada olib borayotgan urushni qo‘llab-quvvatlashi bilan bog‘liq. Xonanda oldinroq Leopard tankini shikastlagan askarga 1 million rubl to‘ladi. Ukrainaning Toshkentdagi elchixonasi esa urushni qo‘llayotgan san’atkorlarning O‘zbekiston hududida konsert qo‘yishi mamlakat imijiga tahdid ekanini bildirib, tegishli organlarga murojaat qildi.


Maqola muallifi

Teglar

Grigoriy Leps

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing