Grigoriy Leps ajrashishiga o‘zining xiyonati sabab bo‘lganini tan oldi
Madaniyat-san’at
−
14 iyul 2023
8769Grigoriy Leps 20 yillik turmushdan so‘ng sobiq xotini Anna Shaplikova bilan ajralgani haqida ochiqchasiga gapirdi va o‘zini "xoin" deb atadi. Bu haqda “The Voise Mag” nashri ma’lum qildi.
Rossiyalik mashur qo‘shiqchi xotini bilan 2021 yil ajrashgan edi. Bunga xonandaning Yuliya Baranovskaya bilan ishqiy munosabatlari sabab bo‘lgani haqida mish-mishlar tarqalgan.
“Men yana qaytishni so‘ramayman. Birinchidan, meni qabul qilishmaydi. Ikkinchidan, men buning uchun o‘zimni hech qachon kechirmayman. Ajrashish muqarrar edi, chunki men o‘z qadrli va sadoqatli odamimga xiyonat qildim. Va biz ajrashganimiz, albatta, fojia. Ammo ajrashganimizga qaramay, hozir biz yaxshi munosabatdamiz”, deydi Grigoriy Viktorovich.
60 yoshli qo‘shiqchi o‘zini ideal bo‘lmagan ota, deb bilishini aytgan. Uning so‘zlariga ko‘ra, u farzandlarining tarbiyasi bilan shug‘ullanmagan, chunki har yili taxminan 9-10 oy davomida gastrolda bo‘lgan. Endi qo‘shiqchi o‘zini aybdor his qiladi, u umrining oxirigacha bolalar va sobiq xotinini qo‘llab-quvvatlashga va’da berdi.
Shuningdek, xonanda hali turmush qurish niyati yo‘qligini, ammo sobiq ayoli turmushga chiqishi mumkinligini bildirgan.
“U juda munosib, chiroyli, aqlli, mehribon va odobli ayol. U 51 yoshda, lekin yosh ko‘rinadi", deydi u.
Eslatib o‘tamiz, shu oy boshida Grigoriy Lepsning dastlab Qirg‘izistonda so‘ngra O‘zbekistonda o‘tkazilishi rejalashtirilgan konsertlari bekor qilindi.
Sevara Husniddinova
LiveBarchasi
Samarqand shahrida metro quriladi.
14 yanvar