Qirg‘izistonda Grigoriy Lepsning konserti bekor qilindi

Madaniyat-san’at

image

Rossiyalik xonanda Grigoriy Lepsning Qirg‘izistonda o‘tkazilishi rejalashtirilgan konserti bekor qilindi. Bu haqda san’atkorning konsertini bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan Blonder Pub bari ma’muriyati ma’lum qildi.

Aytilishicha, joriy yilning 2 avgust kuni Issiqko‘l viloyati Cho‘lponota shahrida o‘tishi belgilangan konsert noma’lum sabablarga ko‘ra bekor qilingan. Biroq ko‘pchilik nashrlar konsert jamoatchilik noroziligi tufayli bekor qilinganini yozmoqda.

Gap shundaki, konsert e’lon qilinganidan so‘ng Qirg‘izistondagi ko‘plab ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari Rossiyaning Ukrainaga harbiy bosqinini qo‘llab-quvvatlovchi san’atkorning kelishiga qarshi chiqishdi. 

Ma’lumot uchun, o‘tgan oyda Qozog‘istonda ham Grigoriy Lepsning konserti jamoatchilik noroziligi tufayli bekor qilingandi. 23 oktyabrga esa xonandaning Toshkentda konsert qo‘yishi kutilmoqda. 

Eslatib o‘tamiz, 3 iyul kuni Leps urush harakatlari hududida Leopard tankini shikastlagan askarga 1 million rubl to‘lagandi. Ukrainaning Toshkentdagi elchixonasi esa urushni qo‘llayotgan san’atkorlarning O‘zbekiston hududida konsert qo‘yishi mamlakat imijiga tahdid ekanini aytgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Grigoriy Leps

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing