Ukraina elchixonasi O‘zbekiston vakolatli organlariga murojaat yubordi

Jamiyat

image

Ukrainaning Toshkentdagi elchixonasi O‘zbekiston Respublikasi hududida Rossiyaning qurolli tajovuzini qo‘llab-quvvatlagan san’atkorlarning konsertlari o‘tkazilayotgani yuzasidan mamlakatdagi vakolatli organlarga murojaat yubordi. Bu haqda elchixonaning Facebook'dagi sahifasida ma’lum qilindi.

Ukraina elchixonasi urushni qo‘llab-quvvatlovchi rossiyalik san’atkorlarning O‘zbekistondagi chiqishlari ularning O‘zbekiston Respublikasi obro‘siga tahdid soladigan urushni qo‘zg‘atishga qaratilgan jinoiy faoliyatini qo‘llab-quvvatlashning soxta ko‘rinishini yaratishi mumkinligiga e’tibor qaratgan.

“Rossiyalik ijrochilar tomonidan olingan mablag‘lar ular tomonidan urush, terrorizm va Ukraina xalqining genotsidini moliyalashtirish uchun ishlatilishi mumkin”, deyiladi elchixona bayonotida.

Shuningdek, elchixona urushni qo‘llab-quvvatlovchi rossiyalik san’atkorlarning chiqishlari uchun O‘zbekistonning konsert maydonlaridan foydalanishga qarshi chiqqani uchun o‘zbek jamoatchiligiga o‘z minnatdorligini bildirgan.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 20-21 may kunlari Toshkentdagi “Yangi O‘zbekiston” istirohat bog‘ida o‘tkazilishi rejalashtirilgan “JARA” rus musiqa festivali ham noma’lum muddatga qoldirilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya O'zbekiston Ukraina kontsert

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing