“Toshkent yo‘lbarsi” nomi bilan mashhur Rufat Risqiyevga yangi uy qurib berilmoqda
Sport
−
14 Oktabr 2021
32880“Toshkent yo‘lbarsi” nomi bilan mashhur bo‘lgan afsonaviy bokschi Rufat Risqiyev yil yakuniga qadar yangi uyga ko‘chib o‘tadi.
Gap shundaki, O‘zbekiston boks federatsiyasining bosh homiysi “O‘zbekiston temir yo‘llari” aksiyadorlik jamiyati tomonidan Rufat Risqiyevga yangi xonadon qurish ishlari boshlandi.
Loyihaga ko‘ra, faxriy bokschi xonadonidagi bo‘sh yer maydoniga barcha qulayliklarga ega 3 xonali uy qurib berilishi rejalashtirilgan.
Ma’lumot uchun, Rufat Risqiyev o‘zbek boksiga tamal toshini qo‘ygan insonlardan biri hisoblanadi. O‘zbekistonlik bokschilarning hozirgi muvaffaqiyatlarida ham ushbu mutaxassisning xizmati beqiyos. 2020 yil dekabr oyida Prezident Shavkat Mirziyoyev qaroriga muvofiq, “Do‘stlik” ordeni bilan taqdirlangan. Bundan tashqari, 2019 yildan buyon boks bo‘yicha O‘zbekiston chempionatining eng yaxshi ishtirokchisiga “Rufat Risqiyev” sovrini topshiriladi.
LiveBarchasi