Toshkent viloyatining yana 158,67 gektar hududi Yangi Toshkentga berildi
Jamiyat
−
22 avgust
6819Toshkent viloyati Yuqori Chirchiq tumani hududidan Yangi Toshkentni barpo etish uchun umumiy hisobda 158,67 gektar yer maydoni ajratildi. Bu haqda viloyat hokimining tegishli qarori imzolandi.
Unga ko‘ra, Yuqori Chirchiq tumanidagi “Guliston” (66,67 gektar), “Istiqlol” (13,92 gektar), “Istiqbol” (78,08 gektar) MFYlaridagi hududlar “Yangi Toshkent shahrini barpo etish direksiyasi”ga doimiy foydalanishi uchun ajratib berildi.
Ma’lumot uchun, 13 mart kuni xalq deputatlari Toshkent viloyati kengashi tomonidan qabul qilindi qarorga ko‘ra, Toshkent viloyati hududidan 19 729,41 gektar, shu jumladan Yuqori Chirchiq tumanidan 17 323,32 gektar, O‘rta Chirchiq tumanidan 2 406,1 gektar yer maydonlari Toshkent shahrining Yangi Toshkent tumani tarkibiga o‘tkazilgandi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Yangi Toshkent ko‘chalaridan biriga “Sankt-Peterburg” nomi berilishi haqida xabar berilgandi.