Yangi Toshkent ko‘chalaridan biriga “Sankt-Peterburg” nomi beriladi
Jamiyat
−
28 may
5444Yangi Toshkent ko‘chalaridan biri “Sankt-Peterburg” deb nomlanadi. Bu haqda kecha, 27 may kuni Sankt-Peterburg gubernatorining matbuot xizmati xabar berdi.
Unga ko‘ra, joriy yilning 26-27 may kunlari bo‘lib o‘tgan ikki davlat rasmiylari uchrashuvida Prezident Shavkat Mirziyoyev Yangi Toshkent ko‘chalaridan biriga Rossiya Federatsiyasining madaniy poytaxti bo‘lmish Sankt-Peterburg sharafiga nom berish qarori haqida gapirgan.
“Ajoyib! U eng go‘zali bo‘ladi”, deb javob bergan Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putin.
Sankt-Peterburg gubernatori Aleksandr Beglov ham bu fikrga ijobiy munosabat bildirdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, bu qaror Sankt-Peterburg uchun katta sharaf va do‘stona munosabatlar ramzi hisoblanadi.
“O‘zbekiston bilan hamkorlik Sankt-Peterburgning xalqaro hamkorlik sohasidagi asosiy ustuvor yo‘nalishlaridan biri bo‘lib kelgan va shunday bo‘lib qoladi”, deydi Beglov.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasida savdo hajmini 30 milliard dollarga yetkazishga kelishib olingandi.
LiveBarchasi