Har bir elchi bir oyda bitta investor olib kelmaguncha kabinetda o‘tirmaydi – Prezident (video)

Jamiyat

−

image

Prezident Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston elchilari oldiga har oy kamida bittadan investor olib kelish vazifasini qo‘ydi. Bu haqda O‘zbekiston yetakchisi bugun, 12 oktyabr kuni Yangi Toshkent qurilishini jadallashtirish masalalari yuzasidan investor va tadbirkorlar bilan o‘tkazilayotgan ochiq muloqotda ma’lum qildi.

Bildirilishicha, Yangi Toshkent loyihalariga xorijlik sarmoyadorlar qiziqishi ham yuqori. Ular uchun dastlabki 50 ta lot belgilangan. Ularning joylashuvi, loyiha imkoniyatlari, iqtisodiy hisob-kitoblari va yangi yengilliklarni o‘z ichiga olgan aniq takliflar paketi elchilarga yetkaziladi.

Xorijdagi diplomatik vakolatxonalarga chet eldagi sarmoyadorlarni Yangi Toshkentdagi imkoniyatlar bilan kengroq tanishtirish topshirilgan.

“Yangi Toshkentga yangi investitsiya, sarmoya olib kelayotgan har bir tadbirkorga alohida munosabat bo‘ladi. Kim uchun qilyapmiz? Tadbirkorlar uchun. Nima uchun? Yo‘limiz oson bo‘lishi, daromadimiz ko‘payishi, sizlarga sharoit yaratish uchun”, deydi davlat rahbari.

Vazirlarga xorijlik hamkorlar va yirik kompaniyalar bilan har bir uchrashuvda Yangi Toshkent imkoniyatlarini taqdimot qilib, ularni qo‘shma loyihalarga taklif qilish vazifasi qo‘yilgan.

Prezident e’lon qilingan imkoniyatlar qog‘ozda qolmasligi, ular yer uchastkalari, iqtisodiy hisob-kitoblar va amalga oshirish muddatlari ko‘rsatilgan tayyor taklif sifatida sarmoyadorga yetib borishi zarurligini ta’kidlagan.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing