Toshkent viloyatidagi tug‘uruqxonada 26 yoshli homilador ayol vafot etdi
3-sahifa
−
21 noyabr 2023
11254Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent viloyatining Yangiyo‘l shahrida 26 yoshli homilador ayol tug‘uruqxonada vafot etgani, uning eri bunda shifokorlarni ayblayotgani aytilgan videomurojaat tarqaldi. Mazkur holat yuzasidan Sog‘liqni saqlash vazirligi rasmiy munosabat bildirdi.
Unga ko‘ra, joriy yilning 14 noyabr kuni 26 yoshli M.Q. Yangiyo‘l shahridagi tug‘uruq muassasasiga shahar ko‘p tarmoqli markaziy poliklinikasi yo‘llanmasi bilan murojaat qilgan. U o‘sha kuni “homiladorlik-2, 31-32 hafta, muddatidan avvalgi tug‘uruq xavfi” tashxisi bilan qabul qilingan.
Markazda bemor zarur tekshiruvlardan o‘tkazilib, davo choralari olib borilgan. Unga infeksionist va xirurg ko‘riklari tashkil etilib, oshqozon-ichak faoliyati buzilishi qayd qilingan. UTT tekshiruvida bachadon normotonusda, jigar va o‘t pufagi faoliyati normal ekani tashxislangan.
Shundan so‘ng homilador ayol undan xabar olgani kelgan turmush o‘rtog‘i bilan uchrashgan.
Palataga qaytganidan so‘ng, kutilmaganda ayolning ahvoli og‘irlashib, hushidan ketgan. Ko‘rsatilgan reanimatsion shoshilinch tibbiy yordam choralariga qaramay, bemorda biologik o‘lim holati yuz bergan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Qashqadaryoda egizak farzandlarni dunyoga keltirgan 19 yoshli ayol vafot etgandi.
LiveBarchasi