Toshkent viloyatida kanalizatsiyani tozalayotgan 3 kishi zaharlanib o‘ldi
3-sahifa
−
21 iyul 2023
10218Toshkent viloyatida nosoz kanalizatsiyani tozalayotgan 3 nafar erkak zaharli gazdan bo‘g‘ilishi oqibatida vafot etdi. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot kotibi Hayot Shamsutdinov QALAMPIR.UZ'ga ma’lum qildi.
Joriy yilning 20 iyul kuni soat 10:30 atrofida Toshkent viloyati Nurafshon shahri “To‘ytepa” MFY hududidan o‘tgan Toshkent yo‘li ko‘chasida joylashgan “R.M.” avtodo‘koni oldidagi ikkinchi darajali yo‘l ostidan o‘tgan oqova suv tarmog‘i qudug‘iga tushib, tozalash ishlarini olib borayotgan “Toshkent kommunal qurilish servis” mas’uliyati cheklangan jamiyatining 57 yoshli xodimi A.Q. quduqdan chiqqan zaharli gaz aralashmasidan bo‘g‘ilib, hushidan ketgan. Unga yordam berish maqsadida quduqqa tushgan 23 yoshli M.S.,55 yoshli Ye.K. va 27 yoshli Sh.F. lar ham gaz ta’sirida hushini yo‘qotgan. Oqibatda A.Q., M.S. va Ye.K. hodisa joyida vafot etgan. 27 yoshli Sh.F. esa hushsiz holatda Nurafshon shahar markaziy shifoxonasining jonlantirish bo‘limiga yotqizilgan.
Nurafshon shahar sud-tibbiy ekspertizasining 2023 yil 20 iyuldagi dastlabki ma’lumotiga ko‘ra, A.Q., M.S. va Ye.K.lar vodorod sulfididan o‘tkir zaharlanish hamda o‘tkir nafas yurak qon-tomir yetishmovchiligi tufayli vafot etgan.
Holat yuzasidan Nurafshon shahar IIB huzuridagi tergov bo‘linmasi tomonidan Jinoyat kodeksining 257-moddasi (Sanitariyaga oid qonunchilikni yoki epidemiyaga qarshi kurash qoidalarini buzish) 2-qismi “b” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda. Shahar prokuraturasi tomonidan tergovning borishi nazoratga olingan bo‘lib, natijasi haqida axborot berilishi ta’minlanadi.
LiveBarchasi