Toshkent viloyatida cho‘milishga borib, daryo o‘rtasida qolib ketgan bola qutqarildi
Jamiyat
−
13 iyun
4966Toshkent viloyatidan oqib o‘tuvchi "Qorasuv" daryosi o‘rtasida qolib ketgan bola qutqarildi. Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi xabar berdi.
Keltirilishicha, joriy yilning 10 iyun kuni soat 13:50 da viloyat FVBga Yuqori Chirchiq tumani hududidan oqib o‘tuvchi “Qorasuv” daryosi o‘rtasida bir bola qolib ketganligi to‘g‘risida xabar kelib tushgan. Ma’lum bo‘lishicha, bola daryoga cho‘milish maqsadida borgan hamda suzib xoldan toyib, daryo markazidagi orolchaga chiqib olgan. Suv oqimining tezligi yuqori bo‘lganligi sababli orqaga qaytishning imkoni bo‘lmagan.
Holat bo‘yicha viloyat FVB qutqaruvchilari zudlik bilan aytilgan manzilga yetib borgan. Olib borilgan tezkor harakatlar natijasida orolchada qolib ketgan bola maxsus anjomlar yordamida sog‘-salomat qirg‘oqqa olib o‘tilgan.
“Fuqarolardan suv havzalarida cho‘milayotganda xavfsizlik qoidalariga rioya etish hamda faqat ruxsat berilgan suv havzalarida cho‘milishni so‘raymiz”, deyiladi xabarda.
Eslatib o‘tamiz, 5 iyun kuni Farg‘ona viloyatining Oltiariq tumanidagi fermer xo‘jaligi yer maydonida joylashgan sun’iy suv havzasiga cho‘milish uchun tushgan uch nafar voyaga yetmagan bola ehtiyotsizliklari oqibatida cho‘kib, vafot etgandi.
LiveBarchasi