Toshkent viloyatida 9-sinf o‘quvchisi kanalda cho‘kib ketdi

3-sahifa

image
0:00
0:00
download

Toshkent viloyati Yangiyo‘l shahrida 16 yoshli yigit kanalda cho‘kib ketdi. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot kotibi Hayot Shamsutdinov QALAMPIR.UZ'ga ma’lum qildi.

Joriy yilning 3 iyun kuni soat 14:00 lar atrofida Yangiyo‘l shahar “Ishchilar shaharchasi” mahallasida yashovchi 2007 yilda tug‘ilgan M.P. mazkur hududdan oqib o‘tuvchi “Jo‘n Ariq” kanalida o‘rtoqlari bilan cho‘milayotgan vaqtda cho‘kib ketgan. 

Yigit hududdagi 5-sonli maktabning 9-sinf o‘quvchisi bo‘lgan. 

Ma’lum qilinishicha, bolaning jasadi kecha, 4 iyun kuni topilgan.

Cho‘kish holatlari

Joriy yilning 25 may kuni Katta Farg‘ona kanalida maktab bitiruvchisi oqib ketgandi. Oradan 9 kun o‘tib, 3 iyun kuni uning jasadi topildi.

Shuningdek, Samarqand viloyatidagi Zarafshon daryosiga 3 nafar voyaga yetmagan bola cho‘kib ketgandi. Ularning faqat bittasini murdasi topilgan. 

Bundan tashqari, Andijonda 20 yoshli yigit kanalga tushib ketgan sevgan qizini qutqaraman deb cho‘kib ketgandi. 


Maqola muallifi

Teglar

Toshkent viloyati Yangiyo'l cho'kish

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing