Samarqandda 3 nafar bola daryoga cho‘kib ketdi
3-sahifa
−
26 may 2023 12824 1 daqiqa
Samarqand viloyatidagi Zarafshon daryosiga 3 nafar voyaga yetmagan bola cho‘kib ketdi, suv ostidan ulardan birining murdasi topildi. Bu haqda Bosh prokuroratura matbuot kotibi Hayot Shamsutdinov xabar berdi.
Keltirilishicha, voqea kecha, 25 may kuni soat 14:00 larda Samarqand viloyatining Paxtachi tumanida sodir bo‘lgan.
Bosh prokuratura ma’lumotida keltirilishicha, 3 nafar voyaga yetmagan bola Zarafshon daryosiga cho‘milish maqsadida borib, ehtiyotsizliklari oqibatida cho‘kib ketgan.
Viloyat favqulodda vaziyatlar boshqarmasi hamda Ichki ishlar boshqarmasi xodimlari tomonidan olib borilgan qidiruv ishlari natijasida 1 nafar bolaning murdasi topilgan. Qolgan 2 bola hali ham qidirilmoqda.
Hozirda marhumning o‘limi bo‘yicha sud-tibbiyot ekspertizasi tayinlangan. Tergovga qadar tekshiruv harakatlari davom etmoqda.
Live
BarchasiRossiyada o‘z chaqalog‘ini tashlab, qochib ketgan ayol bolasi bilan O‘zbekistonga qaytarildi
26 dekabr
Shavkat Mirziyoyev o‘zining oldingi va rahbarlarning hozirgi maoshida katta farq borligini aytdi
26 dekabr