Foydalanişga yaroqsiz 120 ta “kotel”ni $45 migga sotayotganlar uşlandi (video)
3-sahifa
−
14:39 879 2 daqiqa
Toşkent viloyatining Yangiyöl şahrida foydalanişga yaroqsiz bölgan 500 ta isitiş qozonini noqonuniy saqlab kelgan şaxslar aniqlandi. Ular 120 ta qozonni soxta hujjat va sertifikatlar bilan 45 ming dollarga sotayotgan vaqtida qölga olindi. Bu haqda Içki işlar vazirligi xabar berdi.
Ma’lum qilinişiça, 1989 yilda Xorazm viloyatida tuğilgan gaz ta’minoti xodimi hamda 1972 yilda tuğilgan, avval sudlangan tadbirkor özaro til biriktirib, xorijdan keltirilgan isitiş qozonlarini noqonuniy sotiş bilan şuğullangan.
Ular yaroqlilik muddati ötgan, foydalanişga yaroqsiz va xavfsizlik talablariga javob bermaydigan isitiş qozonlarini soxta hujjatlar hamda sertifikatlar bilan rasmiylaştirgan.
Gumonlanuvçilar 120 ta qozonni donasini 380 dollardan hisoblab, jami 45 ming dollarga sotayotgan vaqtida aşyoviy dalillar bilan qölga olingan.
Tezkor tadbir davom ettirilib, tadbirkorning yaşaş xonadoni közdan keçirilganida, u yerda xorijdan keltirilgan, turli nomdagi yana 500 ta xavfsizlik talablariga javob bermaydigan isitiş moslamasi noqonuniy saqlanayotgani aniqlangan.
Bildirilişiça, mazkur holat yuzasidan noqonuniy isitiş moslamalarini sotgan şaxslarga nisbatan Jinoyat kodeksining 276-11-moddasi (xavfsizlik talablariga javob bermaydigan tovarlarni ötkaziş maqsadini közlab işlab çiqariş, saqlaş, taşiş yoxud ötkaziş, işlar bajariş yoki xizmatlar körsatiş) bilan jinoyat işi qözğatilgan.
Eslatib ötamiz, avvalroq Namangan viloyati Davlatobod tumanida ta’lim muassasalariga isitiş qozonlari yetkazib beriş uçun ajratilgan 1 mlrd söm byudjet mablağlari talon-toroj qilingani aniqlangani haqida xabar berilgandi.
Live
BarchasiOzon teshigi rekord darajada kengaydi
06 Noyabr