“Şoşilinç xabar!” Özbekistonda nosoz isitiş qozoni sabab 18 kişi vafot etdi (video)

3-sahifa

−

image

Özbekistonda 18 kişi Germaniyaning Vaillant rusumidagi tabiiy gaz yordamida işlaydigan ikki konturli isitiş vositasining nosozligi oqibatida vafot etdi. Uşbu isitiş qozonlari Özbekistonga noqonuniy olib kelingani ma’lum böldi. Bu haqda Farğona viloyati Favqulodda vaziyatlar boşqarmasi xabar berdi.

Qayd etilişiça, joriy yilning 25 oktyabr kuni Farğona tumanining Çimyon qişloğida bir oiladan 7 nafar, şu kunning özida Toşkent şahrida 6 nafar, 1 noyabr kuni Qöqon şahrida 5 nafar fuqaro is gazidan zaharlanib vafot etgan.

Ularning ölimiga Özbekistonga noqonuniy olib kirilgan va aslida utilizatsiyaga topşirilgan Germaniyaning Vaillant rusumidagi tabiiy gaz yordamida işlaydigan ikki konturli isitiş vositasi sabab bölgan.

FVBga köra, yuqorida nomi keltirilgan isitiş qozonlari xizmat vazifasini ötab bölgan, ya’ni ular Germaniyada işlatilib, utilizatsiyaga topşirilgan foydalanişga yaroqsiz eski uskunalar hisoblanadi. Biroq ular ayrim “uddaburon” tadbirkorlar tomonidan Özbekistonga ehtiyot qismlari sifatida noqonuniy yöllar bilan olib kirilgan va qölbola uslubda qayta jihozlanib, göyoki xarid uçun yangi holatga keltirilgan va fuqarolarga aldov yöli bilan sotilgan.

Bundan taşqari, Vaillant rusumidagi ikki konturli isitiş vositasi Germaniyadan uning ajralmas qismi bölgan haqiqiy dudburonsiz olib kirilgan. Şuningdek, ularning örniga işlaş jarayoniga mutlaqo mos kelmaydigan, yuqori harorat ta’sirida qattiqlik xususiyatini yöqotib, örnatilgan qobiğidan çiqib ketib, insonlar hayoti uçun öta xavfli hisoblangan kanalizatsiya polietilen quvurlari örnatilgan.

Isitiş vositalarining havo tortiş uçun möljallangan quvurlari özboşimçalik bilan har xil matolar bilan berkitilib yoki tösib qöyilişi oqibatida tabiiy gaz çala yongan va is gazi ajralib çiqib, uning foiz me’yori ortib ketgan.  

Şu sababli xonadonlarga texnika xavfsizligi va me’yor talablariga öta zid ravişda örnatilgan Vaillant rusumidagi tabiiy gaz yordamida işlaydigan ikki konturli isitiş vositalari insonlar hayotiga zomin bölmoqda.

“Farğona viloyati Favqulodda vaziyatlar boşqarmasi qat’iyan ogohlantiradi. Hurmatli fuqarolar, öz hayotingizga befarq bölmang. Biz sanab ötgan kamçiliklarga yöl qöygan bölsangiz, demak sizning ham xonadoningiz xavf ostida. Hoziroq, aslo keçikmasdan mutaxassislarga murojaat qiling. Özingiz va oilangiz xavfsizligini ta’minlang.

Foydalanişga yaroqsiz, eski moslama hisoblangan Germaniyaning Vaillant rusumidagi ikki konturli isitiş vositasini aslo xonadoningizga örnatmang. Boşqa isitiş vositalarini ham albatta mutaxassis iştirokida sifat sertifikati, işlatiş yöriqnomasi, xavfsizlik qoidalari va foydalanişga yaroqliligini jiddiy tekşirib oling. Xonadoningizda, öz hayotingizga özingiz mas’ul ekanligingizni aslo unutmang”, deyiladi xabarda. 

Eslatib ötamiz, avvalroq Toşkent şahrida 6 nafar fuqaro is gazidan zaharlanib vafot etgani, yana 2 kişi oğir ahvolda şifoxonaga yotqizilgani haqida xabar berilgan edi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing