Toşkentda dahşatli fojia: 6 kişi is gazidan vafot etdi
3-sahifa
−
14:25 2348 2 daqiqa
Toşkent şahrida 6 nafar fuqaro is gazidan zaharlanib vafot etdi, yana 2 kişi oğir ahvolda şifoxonaga yotqizildi. Bu haqda Boş prokuratura xabar berdi.
Qayd etilişiça, joriy yilning 25 oktyabr kuni Toşkent şahrining Mirzo Uluğbek tumanida is gazidan zaharlaniş oqibatida 6 nafar fuqaro vafot etgan, yana 2 nafar fuqaro oğir ahvolda şifoxonaga yotqizilgan.
Dastlabki ma’lumotlarga köra, hodisa quriliş-ta’mirlaş işlari olib borilayotgan xususiy uyda sodir bölgan. Aniqlanişiça, uyning yertöla qismiga örnatilgan isitiş qozoni xavfsizlik talablariga javob bermagan, gaz tarmoğiga esa belgilangan tartibda tegişli texnik şartlarsiz ulanilgan.
Mazkur holat yuzasidan Mirzo Uluğbek tumani prokuraturasi tomonidan Jinoyat kodeksining 116-(Kasb yuzasidan öz vazifalarini lozim darajada bajarmaslik), 257-(Mehnatni muhofaza qiliş qoidalarini buziş), 205-(Hokimiyat yoki mansab vakolatini suiiste’mol qiliş) moddalari bilan jinoyat işi qözğatilgan.
Ayni paytda tergov harakatlari Toşkent şahar prokuraturasi tomonidan olib borilmoqda.
“Hurmatli fuqarolar! Bunday köngilsiz hodisalarning oldini oliş maqsadida gaz uskunalari va isitiş moslamalaridan foydalanişda yonğin xavfsizligi talablariga qat’iy rioya qilişingizni söraymiz. Şuningdek, gaz uskunalari va isitiş moslamalari belgilangan tartibda malakali mutaxassislar tomonidan örnatilişi hamda ularning texnik holati muntazam tekşirib turilişi lozim. Xavfsizligingizga befarq bölmang! Özingiz va yaqinlaringizni asrang!” deya murojaat qilgan Boş prokuratura fuqarolarga.
Live
Barchasi27 Oktyabr