Toshkent viloyatida 4 yilda bitta ish o‘rni ochish uchun 24 ming dollar sarflangan

Jamiyat

image

Avval xabar berganimizdek, bugun, 24 iyun kuni O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida investitsiya va eksport sohalaridagi ishlar natijadorligi, yil yakunigacha amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ustuvor vazifalar muhokamasiga bag‘ishlangan yig‘ilish o‘tkazildi.

Videoselektor yig‘ilishida oxirgi 4 yilda mahalliy sanoat, qishloq xo‘jaligi va servis sohasidagi loyihalarni amalga oshirish uchun 100 trln so‘m investitsiya yo‘naltirilgani aytildi.

Tahlillarga ko‘ra, ajratilgan har bir mlrd so‘m evaziga Namanganda 12 ta, Andijonda 11 ta, Navoiy va Sirdaryoda 8-9 tadan yangi ish o‘rni yaratilgan. Bu ko‘rsatkich Buxoro, Samarqand va Xorazmda 6-7 ta, Qashqadaryo va Farg‘onada 5 taga to‘g‘ri kelgan. Qoraqalpog‘iston, Jizzax, Surxondaryo, Toshkent viloyati va Toshkent shahrida esa atigi 3-4 tani tashkil etgan.

Ammo Toshkent viloyatiga so‘nggi 4 yilda yo‘naltirilgan 950 mln dollar xorijiy investitsiya va bank kreditlari hisobiga atigi 40 mingta yangi ish o‘rni yaratilgan. Ya’ni bir ish o‘rni 24 ming dollarga to‘g‘ri kelmoqda. Namangan viloyatida esa 2 baravar kam mablag‘ sarflanib, 52 mingta ish o‘rni ochilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Toshkent viloyati ish o'rni

Baholaganlar

310

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing