Germaniya sanoati har oyda 15 mingta ish o‘rnini yo‘qotmoqda

Olam

image

Germaniya sanoati har oyda 15 mingtadan ish o‘rnini yo‘qotmoqda. Bu haqda Germaniya sanoati federal birlashmasi (BDI) bosh direktori Tanya Gennerga tayanib, “Deutsche Welle” xabar berdi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, mamlakat o‘z raqobatbardoshligini yo‘qotgan. Germaniya sanoatiga Donald Tramp davridagi AQSHning tarif siyosati va Xitoy tomonidan kuchaygan raqobat bosim o‘tkazmoqda.

Tanya Genner mavjud vaziyatni sanoat uchun kritik deb baholagan. Shu bilan birga, u mamlakatdagi “sekin-asta sodir bo‘layotgan deindustriallashuv”ni to‘xtatish mumkinligi haqida fikr bildirgan.

Qayd etilishicha, sun’iy intellekt texnologiyasi tufayli sanoat hozirda yangi sanoat inqilobi bo‘sag‘asida turibdi. Biroq hal qiluvchi omil transformatsiya jarayoniga investitsiyalarni jalb qilish imkonini beradigan tizimli sharoitdir.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Xitoy va boshqa raqobatchilar bosimi kuchayib borayotgan bir paytda qat’iy choralar ko‘rilmasa, Yevropa avtosanoatida ish o‘rinlari keskin qisqarishi mumkinligi haqida xabar berilgan edi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing