Toshkent va Navoiyda 28 nafar bemor koronavirusdan sog‘aydi

Jamiyat

image

Toshkent shahri va Navoiy viloyatida jami 28 nafar bemor koronavirusdan butkul sog‘aydi. Bu haqda bugun, 10 iyun kuni Sog‘liqni saqlash vazirligi xabar berdi.

"Toshkent tibbiyot akademiyasi ko‘p tarmoqli klinikasida 20 nafar va Navoiy viloyatida 8 nafar, jami 28 nafar bemor sog‘ayib, reabilitatsiyaga kuzatildi", deyiladi xabarda.

Qayd etilishicha, bugunning o‘zida Toshkent shahridan bir yo‘la 49 nafar bemor ushbu infeksiyadan forig‘ bo‘ldi. Ular orasida tojikistonlik bir nafar 40 yoshli fuqaro ham bor.

Shunday qilib, Toshkent shahrida shu paytga qadar tuzalganlar 1572 nafarni tashkil qilgan bo‘lsa, endilikda ular 1592 nafarga yetib, davolanayotgan bemorlar soni 847 nafarni tashkil etmoqda.

Shuningdek, Navoiy viloyatida bugun 8 nafar bemor sog‘ayib, tuzalganlar soni 150 nafarga yetdi. Hozirda viloyatda 92 nafar bemor ushbu infeksiyaga qarshi shifo olmoqda.

Ma’lumot uchun, ayni paytga qadar mamlakatda koronavirus infeksiyasiga chalinganlar 4591 nafarni tashkil etmoqda. Kasallikdan sog‘ayganlar soni esa 3532 nafarga yetdi.


Maqola muallifi

Teglar

Koronavirus O'zbekistonda

Baholaganlar

92

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing