“Toshkent-Urganch” yo‘nalishidagi avtobus haydovchisiga chora ko‘riladi – Transport vazirligi
Jamiyat
−
24 avgust 2019
7745O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi kecha, 23 avgust kuni ijtimoiy tarmoqlarda tarqalga suratga izoh berdi.
Suratda “Toshkent” avtovokzalidan soat 14:50 da harakatlanishni boshlagan “Toshkent-Urganch” yo‘nalishidagi “Uzautotrans Service” MCHJga tegishli davlat raqami 01 305 SGA bo‘lgan avtobus avtobus haydovchisi barcha o‘rindiqlarga chipta sotilgan va yo‘lovchilar bilan to‘la bo‘lishiga qaramasdan, korxona ichki-tartib qoidalarini va tashuvlar bo‘yicha xavfsizlik qoidalarini qo‘pol ravishda buzib, yo‘l-yo‘lakay avtobus saloniga qo‘shimcha yo‘lovchilarni olgani aks etgan.
Chiptasiz yo‘lovchilar esa avtobusning o‘rindiqlar oralig‘idagi yo‘lakka o‘tirib olgani aks ettirilgan. Bu esa o‘z navbatida boshqa yo‘lovchilarga noqulayliklar keltirib chiqarib, ularning haqli e’tiroziga sabab bo‘lgan. Avtobus salonida bo‘lgan yo‘lovchilardan biri mazkur vaziyat yuzasidan “Toshkent” avtovokzalining ishonch raqamiga qo‘ng‘iroq qilib, ariza qoldirgan.
Transport vazirligi mazkur holat yuzasidan kelib tushgan arizani zudlik bilan “Uzautotras Service” MCHJ rahbariyati bilan muhokama qilib, tashuvlar bo‘yicha xavfsizlik qoidalarini qo‘pol ravishda buzgan haydovchi va mutasaddi xodimlarga tegishla choralar ko‘rish masalasini ko‘rib chiqmoqda.
“Transport vazirligi o‘z navbatida bu kabi qoidabuzarliklarni vaqtida bartaraf etishga qo‘shgan hissasi uchun yo‘lovchilarga minatdorchilik bildiradi. Bugungi kunda Transport vazirligi tomonidan zamon talablariga mos, sifatli avtotransport xizmatlari ko‘rsatish maqsadida tizimli ishlarni amalga oshirib kelmoqda. Biroq, afsuski haydovchilar orasida o‘ziga bildirilgan ishonch va mas’uliyatni suiste’mol qilib, yuqoridagi kabi qoidabuzarliklarni sodir etish bilan bog‘liq holatlar hamon uchrab turibdi”, deyiladi xabarda.
Transport vazirligi hurmatli yo‘lovchilardan o‘z safarlari davomida avtobus haydovchilarining bu kabi xatti-harakatlariga guvoh bo‘lgan taqdirda vazirlikning (71) 202 22 55 yoki 1167 qisqa raqamli ishonch telefonlariga murojaat etishlarini so‘raydi.
Shuningdek, “Toshkent” avtovokzalining (71) 207 87 00 hamda “Uzautotrans Service” MCHJning (71) 207 87 02 raqamlariga qo‘ng‘iroq qilib ariza qoldirishingiz mumkin.
LiveBarchasi