Toshkent tumanida hokim yordamchisi pora bilan ushlandi

3-sahifa 12269
image

Toshkent viloyatining Toshkent tumanida Davlat xavfsizlik xizmati xodimlari hokim yordamchisini hibsga oldi.

Ma’lum bo‘lishicha, Toshkent tumanida yashovchi, 1982 yilda tug‘ilgan shaxs mazkur tumandagi mahalla fuqarolar yig‘inlaridan birida hokim yordamchisi lavozimda ishlovchi sinfdoshi bilan kelishib, Toshkent shahar Olmazor tumanida joylashgan 4 sotix yer maydonini mansabdor tanishlari orqali boshqa bir shaxsning nomiga rasmiylashtirib berish evaziga undan 30 ming AQSH dollari talab qilgan.

DXX va Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurash departamenti xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda 1982 y.t. shaxs so‘ralgan pulni olgan vaqtida ushlangan.

Shuningdek, uning ko‘rsatmasi asosida hokim yordamchisi ham qo‘lga olingan.

Sunnatilla Abdullayev
Maqolaga baho bering
Baholaganlar: 442
Reyting: 3
Teglar
t
×