Toshkent tibbiyot akademiyasida ilk 11 nafar bemor koronavirusdan tuzaldi

Jamiyat

image

Toshkent tibbiyot akademiyasi ko‘p tarmoqli klinikasida koronavirusga chalingan 11 nafar bemor sog‘aydi. Bu haqda bugun, 19 aprel kuni Sog‘liqni saqlash vazirligi xabar berdi

“Toshkent tibbiyot akademiyasi ko‘p tarmoqli klinikasidan ilk bor koronavirus infeksiyasiga chalingan 11 bemor butkul sog‘aydi. Ular Sog‘liqni saqlash vazirligi mas’ullar ishtirokida Respublika ixtisoslashtirilgan terapiya va tibbiy reabilitatsiya ilmiy-amaliy tibbiyot markaziga kuzatildi“, deyiladi xabarda.

Ta’kidlanishicha, sog‘ayganlarning barchasi charter reys orqali Turkiyadan Toshkentga kelishgan bo‘lib, 7 nafari “Botanika” sanatoriysiga, qolgan 4 nafari esa O‘rtasaroy karantin markaziga joylashtirilgandi. Ularda koronavirus infeksiyasi tasdiqlangach, Toshkent tibbiyot akademiyasi ko‘p tarmoqli klinikasiga joylashtirilgan. Bemorlardan 7 nafari erkak, 4 nafari ayollardir. Ulardan 4 nafari poytaxtimizdan, yana 4 nafari Toshkent viloyatidan, 2 nafari Farg‘ona va 1 nafari Andijon viloyatlaridan. Ular orasida eng yoshi kattasi 51 yoshda bo‘lsa, eng yoshi kichigi 23 yoshda.

Shunday qilib, mamlakat bo‘ylab koronavirus infeksiyasidan tuzalganlar jami 225 nafarga yetdi.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda koronavirusni yuqtirib olish bilan bog‘liq ilk holat joriy yilning 15 mart kuni qayd etilgan edi. Bugungacha kasallanganlarning 5 nafari vafot etgan. 

Qadrli yurtdoshlar, karantin davrida zarurat bo‘lmasa, ko‘chaga chiqmang. Vaqtni oilangiz, farzandlaringiz davrasida o‘tkazing. Unutmang,  #UydaHayotBor


Maqola muallifi

Teglar

Koronavirus O'zbekistonda

Baholaganlar

83

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing