Toshkent shahrida yana bir homilador ayol koronavirusdan sog‘aydi

Jamiyat

image
Homiladorlik vaqtida koronavirus aniqlansa, bu davr davom ettiriladimi? north_east

Homiladorlik vaqtida koronavirus aniqlansa, bu davr davom ettiriladimi?

Toshkentda homilador ayol koronavirusdan sog‘aydi north_east

Toshkentda homilador ayol koronavirusdan sog‘aydi

Toshkent shahrida 7 nafar bemor koronavirusdan butkul sog‘aydi. Ular orasida homilador ayol ham bor. Bu haqda bugun, 30 aprel kuni Sog‘liqni saqlash vazirligi xabar berdi.

“Toshkent tibbiyot akademiyasi ko‘p tarmoqli klinikasidan 6 nafar, shahar 3-sonli tug‘ruq majmuasidan 1 nafar bemor, jami 7 nafar bemor butunlay sog‘aydi. Ular Sog‘liqni saqlash vazirligi mas’ullari ishtirokida Respublika ixtisoslashtirilgan terapiya va tibbiy reabilitatsiya ilmiy-amaliy tibbiyot markaziga kuzatildi“, deyiladi xabarda.

Ta’kidlanishicha, Toshkent tibbiyot akademiyasi ko‘p tarmoqli klinikasida sog‘ayganlarning 3 nafari Toshkent shahridan, Buxoro, Andijon va Toshkent viloyatlaridan 1 nafardan. Ularning 2 nafari Rossiyadan, 1 nafari Turkiyadan kelgan va karantinga olingan. Kasallik aniqlangach, ixtisoslashgan tibbiy yordam ko‘rsatish maqsadida mazkur klinikaga yotqizilgan. Qolgan 3 nafari esa koronavirus infeksiyasiga chalinganlar bilan muloqotda bo‘lib, kasallikni yuqtirib olgan. Ularning 3 nafari erkak, 3 nafari ayol bo‘lib, eng yoshi kattasi 54 yoshda bo‘lsa, eng yoshi kichigi 20 yoshda.

Shuningdek, shahar 3-sonli tug‘ruq majmuasida sog‘aygan 29 yoshli homilador ayol Toshkent shahridan bo‘lib, joriy yil 26 mart kuni Turkiyadan charter reys bilan kelgan va karantinga olingan. Kasallik aniqlangach, mazkur tug‘ruq majmuasiga yotqizilgan. So‘nggi tekshiruvlar unda infeksiya yo‘qligini ko‘rsatdi, homilasi esa rivojlanish bosqichida.

Ma’lumot uchun, Toshkent shahrida shu paytga qadar 350 nafar bemor sog‘aygan bo‘lsa, endilikda ular 357 nafarni tashkil qilmoqda. Mamlakat bo‘ylab koronavirus infeksiyasidan butunlay sog‘ayganlar 1103 nafarga yetdi.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda koronavirusni yuqtirib olish bilan bog‘liq ilk holat joriy yilning 15 mart kuni qayd etilgan edi. Ayni vaqtda mamlakatda koronavirus yuqtirganlar 2017 nafarga yetdi. Bugungacha bemorlarning 9 nafari vafot etgan.

Qadrli yurtdoshlar, karantin davrida zarurat bo‘lmasa, ko‘chaga chiqmang. Vaqtni oilangiz, farzandlaringiz davrasida o‘tkazing. Unutmang, #UydaHayotBor


Maqola muallifi

Teglar

Koronavirus O'zbekistonda

Baholaganlar

34

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing