Toshkent shahar hokimligi avtomobil egalarini ogohlantirdi

Jamiyat

image

Ikkinchi maydan uchinchi mayga o‘tar kechasi Toshkent shahrida kuchli shamol va yog‘ingarchilik bo‘lishi kutilmoqda. Hokimlik shu sabab fuqarolardan o‘z avtomobilini xavfsiz joyga olib qo‘yishga chaqirdi.

“Ikkinchi maydan uchinchi mayga o‘tar kechasi poytaxtimizda kuchli shamol va yog‘ingarchilik kutilmoqda. Bu esa o‘z navbatida daraxt va ularning shoxlarini sinishiga sabab bo‘lib, uning ostida va yaqinida turgan avtomobillarga zarar yetkazishi mumkin. Shu sababli avtomobillaringizni daraxtlardan uzoqroq, xavfsiz joyga qo‘yishingizni iltimos qilamiz“ deyiladi xabarda.

Joriy yilning 27 aprel kuni ham hokimlik shunday bayonot bilan chiqqan edi. Lekin, ogohlantirilgan kuni poytaxtda kuchli darajada shamol kuzatilmagan. Aksincha, Buxoro, Navoiy, Samarqand va Qashqadaryo viloyatlarida kuchli shamol kuzatildi. Natijada Buxoro viloyati ushbu shamoldan katta talofot ko‘rdi.

Avvalroq, Gidrometeorologiya xizmati markazi 3 may kuni yomg‘ir yog‘ishi va momaqaldiroq bo‘lishi mumkinligi haqida xabar berdi. Bundan biroz avval, markaz O‘zbekistonda qum bo‘roni bo‘lishi haqidagi xabarga munosabat bildirib o‘tgandi.

 

Maqola muallifi

Teglar

Toshkent shahar hokimligi Ob-havo Kuchli shamol

Baholaganlar

263

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing