Toshkent metrosining 3 ta bekati 3 kunga yopiladi
Jamiyat
−
27 Oktabr 2023
8186Toshkent metropoliteni “Yer usti halqa yo‘li” yo‘nalishidagi "Tolariq" (10-bekat), "Xonobod" (11-bekat) va "Quruvchilar" (12-bekat) bekatlarida poyezdlar harakati 3 kunga to‘xtatiladi. Bu haqda “Toshkent metropoliteni” DUK xabar berdi.
Bildirilishicha, bekatlar faoliyati yangi "Turon" (13-bekat) va "Qipchoq" (14-bekat) metro bekatlaridagi qurilish ishlarining yakuniy bosqichi sababli vaqtincha to‘xtatilmoqda.
Shu munosabat bilan yangi bekatlarni yo‘nalishdagi mavjud bekatlar bilan texnik jihatdan o‘zaro bog‘lash maqsadida, joriy yilning 3-5-noyabr kunlari yer usti halqa yo‘lining 10, 11, 12-bekatlari yopiladi.
Ushbu masofada qatnovni amalga oshirish uchun esa “Qiyot” (9-bekat) - “Quruvchilar” (12-bekat) bekatlari oralig‘ida bepul xizmat ko‘rsatuvchi qo‘shimcha avtobuslar yo‘lga qo‘yiladi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq “Yunusobod” yo‘nalishining “Yunusobod” va “Turkiston” bekatlari 4 oyga yopilgandi.