Toshkent metrosida erkak poyezd yo‘liga tushib ketdi (video)

Jamiyat

image
0:00
0:00
download

Toshkent metropolitenining Chilonzor liniyasida erkak shoshilgani sabab poyezd yo‘liga tushib ketdi. Bu haqda “Toshkent metropoliteni” DUK xabar berdi.

Ma’lumotga ko‘ra, “Olmazor” bekatida 1964 yilda tug‘ilgan fuqaro O.Z. metro vagoniga tezroq kirish uchun shoshilib borayotgan vaqtda ehtiyotkorsizligi sabab harakatlanishga tayyorgarlik ko‘rayotgan poyezd yo‘liga tushib ketdi. 

Metropoliten xodimlari hamda yo‘lovchilarning tezkorligi sabab fuqaro hech qanday tan jarohatlarsiz zudlik bilan poyezd yo‘lidan qutqarib olingan.


Maqola muallifi

Teglar

metro

Baholaganlar

461

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing