Toshkent metrosi uchun Rossiyadan 10 ta poyezd sotib olinadi. Buyog‘i necha pulga tushadi?

Jamiyat

image

O‘zbekiston Rossiyadan yiliga 95 million yo‘lovchi tashish quvvatiga ega 10 ta to‘rt vagonli poyezdini sotib oladi. Bu haqda hukumatning “Toshkent metropoliteni uchun o‘nta to‘rt vagonli metro poyezdlarini xarid qilish" loyihasining texnik-iqtisodiy asoslashni tasdiqlash to‘g‘risida”gi qarorida belgilangan.

Ushbu qarorga ko‘ra, “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ joriy yilning 1 dekabriga qadar “Toshkent metropoliteni” UK uchun 10 ta yangi to‘rt vagonli poyezdlarni Rossiyadan olib keltirishi belgilangan.

Ma’lum qilinishicha, loyihaning umumiy qiymati 63,7 million yevroni tashkil qiladi. Shundan 8,7 million davlat byudjeti mablag‘lari, 30,5 million Rossiya Davlat taraqqiyot korporatsiyasi "VEB.RF"dan olingan kreditlar, 24,5 million esa  "Roseksimbank" AJdan olingan kreditlar hisobidan qoplanadi.

Ma’lumot uchun, O‘zbekiston Rossiya kompaniyalaridan olgan kreditlarini 12 yil ichida qaytarishi kerak.


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya metropoliten Uzbekistan

Baholaganlar

258

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing