Toshkent metropolitenida poyezd to‘xtab qoldi

Jamiyat

image

Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent metropolitenining O‘zbekiston liniyasidagi bekatlardan birida poyezd to‘xtab qolgani haqida xabar va video tarqaldi. “Toshkent metropoliteni” UK hodisa bo‘yicha izoh berdi.

Qayd etilishicha, bugun, 20 sentyabr soat 09:10da “G‘afur G‘ulom” bekatidan “Chorsu” bekatiga harakatlanishi lozim bo‘lgan 41-yo‘nalishdagi harakat tarkibi havo taqsimlash tizimida texnik nosozlik yuzaga kelgan.

Harakat xavfsizligini ta’minlash maqsadida yo‘lovchilar bekatda tushirilgan va ortda harakatlangan 43-yo‘nalishdagi harakat tarkibi yordam sifatida kelib, nosoz harakat tarkibini texnik ko‘rik punktiga olib ketgan.

Ma’lum qilinishicha, texnik nosozlik soat 09:25da bartaraf etilgan.

“Toshkent metropoliteni” keltirilgan noqulayliklar uchun yo‘lovchilardan uzr so‘ragan.


Maqola muallifi

Teglar

metro

Baholaganlar

345

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing