Toshkent metropolitenida poyezd buzilib, 12 daqiqa to‘xtab qoldi
Jamiyat
−
10 Oktabr 2023
5364Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent metropolitenining “Milliy bog‘” bekatida poyezd buzilib qolgani tasvirlangan videolar tarqalib, ko‘plab tanqidlarga sabab bo‘ldi. “Toshkent metropoliteni” DUK axborot xizmati holat yuzasidan munosabat bildirdi.
Ma’lum qilinishicha, bugun, 10 oktyabr sanasida soat 17:12 larda Chilonzor yo‘nalishining “Milliy bog‘”-“Novza” peregoni estakasida harakatlanayotgan 29-sonli harakat tarkibida yo‘lovchilar oqimi ko‘p bo‘lgani bois, texnik nosozlik holati kuzatilgan.
Ushbu harakat tarkibi 12 daqiqa davomida harakatlana olmagan. Mashinist tomonidan o‘rnatilgan tartibda ko‘rilgan chora-tadbirlar natijasida poyezd harakati qayta yo‘lga qo‘yilgan.
“Hozirgi vaqtda yo‘nalishda poyezdlar belgilangan jadval asosida amalga oshirilmoqda”, deyiladi xabarda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkent metrosida yo‘lovchining tobi qochgani sababli poyezdlar harakatida kechikish yuzaga kelgan edi. Toshkent metropolitenining “Do‘stlik-2” bekatida bosh kiyimi tushib ketgan yigit poyezd yo‘liga sakragandi.
LiveBarchasi