“Shahriston” bekatida metro poyezdi to‘xtab qoldi (video)
Jamiyat
−
09:50 2147 1 daqiqa
Bugun, 7 oktyabr kuni Toshkent metropolitenining “Shahriston” bekatida eski metro poyezdida texnik nosozlik yuz berdi. Bu haqda “Toshkent metropoliteni” AJ xabar berdi.
Qayd etilishicha, soat 08:22 da 1985 yilda ishlab chiqarilgan 69-sonli harakat tarkibida texnik nosozlik kuzatilgan. Nosozlik sabab poyezd 6 daqiqaga to‘xtab qolgan.
Shundan so‘ng, yo‘lovchilar poyezddan tushirilgan va harakat tarkibi texnik ko‘rikdan o‘tkazish uchun maxsus yo‘lakka olib ketilgan.
Yo‘lovchilarga xizmat ko‘rsatishda uzilishlarga yo‘l qo‘ymaslik uchun zudlik bilan zaxira poyezd yo‘nalishga chiqarilgan.
Bildirilishicha, hozirda nosozlik bo‘yicha tegishli texnik choralar ko‘rilgan.
“Yuzaga kelgan noqulaylik uchun yo‘lovchilardan uzr so‘raymiz”, deyiladi munosabatda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq elektr bilan bog‘liq muammolar sababli Toshkent metropoliteni faoliyatida uzilish kuzatilgani haqida xabar berilgan edi.
Live
Barchasi