Toshkent metrosida xodim 10 ming dollar topib oldi (video)
Jamiyat
−
11:25 4600 1 daqiqa
Toshkent metropolitenida 10 ming AQSH dollari miqdoridagi pul mablag‘lari topilib, egasiga qaytarildi. Bu haqda Ichki ishlar vazirligi Transport va turizm ob’ektlarida xavfsizlikni ta’minlash departamenti xabar berdi.
Qayd etilishicha, Qozog‘iston fuqarosi avtomobil xarid qilish maqsadida Toshkentning Sergeli tumaniga kelgan. U Olmazor metro bekatidan Sergeliga metro orqali borgan vaqtida sumkasidan 10 ming AQSH dollari tushib qolganini bilmagan.
Fuqaro avtomobil bozoriga borgach, pullari yo‘qolganini anglagan. Shu vaqtda metropolitenda xavfsizlikni ta’minlash boshqarmasi xodimi yo‘qolgan pullarni topib olgan. O‘tkazilgan tekshiruv va aniqlash ishlari davomida pullarning qonuniy egasi aniqlangan. Shundan so‘ng 10 ming AQSH dollari belgilangan tartibda to‘liq holda egasiga qaytarilgan.
Pul egasi ichki ishlar va metro xodimlariga minnatdorlik bildirgan. Uning aytishicha, xodimlar Face ID orqali uni aniqlab, pullarni tezkorlik bilan qaytargan.
“Men pulni yo‘qotganimni mashina bozorida bildim. Halol ekan, qaytib keldi. Hammalariga rahmat. Ichki ishlar xodimlariga ham mingdan-ming rahmat”, deydi pulning egasi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Janubiy Koreyada 60 yoshdan oshgan erkak chiqindi qopidan 25 million von (taxminan 18 684 dollar) topib olgani va olti oy davomida pulning egasi chiqmagach, erkak unga egalik qilish huquqini qo‘lga kiritgani haqida xabar berilgan edi.
Live
Barchasi