Toshkent metrosidagi bekat 50 kunga yopiladi
Jamiyat
−
15:09 2546 2 daqiqa
Toshkent metropolitenining “Chinor” metro bekati rekonstruksiya qilinishi munosabati bilan 13 iyundan boshlab 50 kunga yopiladi. Bu haqda “Toshkent metropoliteni” DUK xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, loyiha doirasida bekatning kirish va chiqish qismlari kengaytiriladi, aholining barcha qatlamlari, jumladan, yoshi ulug‘ fuqarolar, nogironligi bo‘lgan shaxslar hamda bolali oilalar uchun 4 ta katta sig‘imli zamonaviy lift o‘rnatiladi. Shuningdek, yo‘lovchilarga xizmat ko‘rsatish sifatini yanada oshirish maqsadida qo‘shimcha 12 ta turniket o‘rnatilishi rejalashtirilgan.
Shu munosabat bilan, rekonstruksiya ishlarini xavfsiz va sifatli amalga oshirish maqsadida joriy yilning 13 iyun sanasidan boshlab “Chinor” metro bekati 50 kun muddatga, ya’ni 1 avgustgacha yo‘lovchilar uchun vaqtincha yopiladi.
Korxona rekonstruksiya ishlariga Bosh vazir o‘rinbosari Ochilboy Ramatovning Vazirlar Mahkamasida 2026 yil 30 aprel kuni o‘tkazilgan 25-son yig‘ilishida bergan topshiriqlarini asos qilib keltirgan.
Qayd etilishicha, noqulaylikni oldini olish va transport qatnovining uzluksizligini ta’minlash maqsadida “Chinor” va “Yangihayot” metro bekatlari o‘rtasida, bir bekat masofasida maxsus metrobuslar qatnovi yo‘lga qo‘yiladi. Metrobuslar belgilangan jadval asosida harakatlanib, yo‘lovchilarning manzillariga o‘z vaqtida yetib borishlariga xizmat qiladi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq “Mingo‘rik – Chilonzor buyum bozori” yo‘nalishida yangi metro liniyasi qurilishi haqida xabar qilingan edi.

Live
Barchasi