Qashqadaryoda A-380 yo‘lining 100 km qismi rekonstruksiya qilinadi
Jamiyat
−
22 Oktyabr 3605 1 daqiqa
Qashqadaryo viloyatida A-380 yo‘lining 100 km qismi rekonstruksiya qilinadi. Bu haqda bugun, 22 oktyabr kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev ishtirokidagi Qashqadaryo viloyatini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishga bag‘ishlangan yig‘ilishda ma’lum qilindi.
Qayd etilishicha, Qashqadaryoda yo‘l infratuzilmasini yaxshilash bo‘yicha ham yirik loyihalar amalga oshiriladi. Osiyo taraqqiyot banki bilan A-380 avtomobil yo‘lining viloyatdan o‘tuvchi 100 kilometr qismini rekonstruksiya qilish boshlanadi. Loyiha qiymati 350 million dollar.
Qarshi shahrining aylanma yo‘li 5,5 kilometrga uzaytirilib, mazkur magistralga ulanadi. Mas’ullarga texnik-iqtisodiy asoslarni shu yil yakunlab, yanvardan qurilishga kirishish topshirilgan.
“Qarshi – Pomuq” va “G‘uzor – Beynau” yo‘llaridagi temir yo‘l kesishmalarida poyezd o‘tayotgan vaqtda katta tirbandlik yuzaga kelmoqda. Bu joylarda qiymati 250 milliard so‘m bo‘lgan ikkita zamonaviy yo‘l o‘tkazgich quriladi.
Live
BarchasiBayden va uning rafiqasi hujumga uchradi
11 Noyabr
11 Noyabr