Endi metroda kassirlar bo‘lmaydi

Jamiyat

image

Toshkent metropolitenida kassa operatori lavozimi butunlay tugatiladi. Bu haqda “Toshkent metropoliteni” davlat unitar korxonasi ma’lum qildi.

Bildirilishicha, to‘lov tizimlari bosqichma-bosqich modernizatsiya qilinayotgani sababli endilikda yo‘lovchilar chipta sotuvchi operatorlarga murojaat qilmasdan, elektron to‘lov tizimlari va avtomatlashtirilgan chipta bankomatlari orqali o‘z kartalarini to‘ldirish yoki chipta xarid qilishlari mumkin bo‘ladi. 

Shu sababli xizmat ko‘rsatish tizimida islohotlar boshlangan bo‘lib, birinchi bosqichda 204 ta kassa operatori shtati qisqartirilgan. Qayd etilishicha, yil yakuniga qadar barcha bekatlar to‘liq avtomatlashtirilgan bankomatlar bilan jihozlanadi. Natijada kassa operatori va katta operator lavozimlari butunlay tugatiladi.

Eslatib o‘tamiz, oldinroq Yangi Toshkent shahridagi ilk metro yo‘nalishi 2026 yil oxirigacha qurib bitkazilishi xabar qilingandi. Mazkur loyiha qiymati 110 mln AQSH dollarini tashkil etib, uning doirasida 8 km uzunlikdagi 3 ta bekatdan iborat metro quriladi.

Jahongir Boltaboyev


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Toshkent Toshkent metropoliteni

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing