Toshkent xalqaro aeroportini shahardan tashqariga ko‘chirish hukumat tomonidan vaqtincha to‘xtatib qo‘yildi

Jamiyat

image

Islom Karimov nomidagi "Toshkent" xalqaro aeroportini shahardan tashqariga ko‘chirish Hukumat tomonidan vaqtincha to‘xtatib qo‘yildi. Bu haqda 17 fevral kuni bo‘lib o‘tgan matbuot anjumani davomida "Uzbekistan Airports" boshqaruvi raisi Ra’no Jo‘rayeva ma’lum qildi, deb xabar berdi anjumanda qatnashgan QALAMPIR.UZ muxbiri. 

2022 yilning iyun oyida Ra’no Jo‘rayevaning o‘zi Prezident va hukumat "Toshkent" xalqaro aeroporti shahar tashqarisiga ko‘chirishning maqsadga muvofiqligini muhokama qilayotganini aytib o‘tgan edi.

"Uzbekistan Airports" boshqaruvi raisining ma’lum qilishicha, aeroportni ko‘chirish bo‘yicha hozirda hech qanday harakat yo‘q.

“Hozircha loyiha Hukumat tomonidan vaqtincha to‘xtatib turilibdi. Ushbu masalada aniq to‘xtamga kelinganicha yo‘q”, deydi Jo‘rayeva.

Uning aytishicha, hozirda yangi uchish-qo‘nish yo‘laklarini qurishning imkoni yo‘q.

“Hozirda Toshkentga yo‘lovchilar oqimi o‘sishi sur’atlarini qo‘llab-quvvatlash uchun barcha ishni qilyapmiz. Shu bois joriy yil oxirigacha soatiga 2400 yo‘lovchiga mo‘ljallangan terminalni tezda qurishga majburmiz. Yagona fasadli, kelish va ketishlar bir joyda bo‘lgan, shuning uchun biz keyteringni boshqa joyga o‘tkazamiz. Albatta, bularning barchasi bizga uzog‘i bilan 2027 yilgacha yetarli bo‘ladi”, dedi u.

Anjumanda ta’kidlanishicha, hozirgi Toshkent xalqaro aeroportini 2021 va 2022 yillarda modernizatsiya qilish, axborot texnologiyalarini rivojlantirish va loukoster modeli asosida hududiy aviatashuvchini tashkil etish maqsadida 2115,1 milliard so‘m sarmoya kiritilgan. 2023-yilda 2394,8 mlrd so‘m sarmoya kiritish rejalashtirilgan.

Bundan tashqari, "Uzbekistan Airports" aeroportlarda eskirgan maxsus texnikalar parkini bosqichma-bosqich yangilamoqda. 2021-yilda 5,2 million dollarga 48 dona, 2022-yilda 14,5 million dollarga 112 dona maxsus texnika xarid qilingan. 2023-yilda aeroportlarda 42,7 million dollar evaziga 199 dona maxsus texnikani yangilash zarurati mavjud.


Maqola muallifi

Teglar

Toshkent xalqaro aeroporti

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made