Toshkent xalqaro aeroportida “svet” o‘chib qoldi
Jamiyat
−
28 avgust 2023
9962Toshkent xalqaro aeroportida shaharning “Qo‘yliq” podstansiyasida sodir bo‘lgan avariya tufayli elektr ta’minotida uzilish yuz berdi. Bu haqda “Uzbekistan Airports” xabar berdi.
Toshkent xalqaro aeroportida kecha, 27 avgust kuni soat 22:09 da “Qo‘yliq” shahar podstansiyasida ro‘y bergan avariya tufayli elektr ta’minotida uzilish kuzatilgan.
Bir necha soniya ichida zaxira manbalardan parvozlarni ta’minlovchi ob’ektlar: uchish-qo‘nish yo‘laklari, havo harakatini boshqarish tizimlari, radionavigatsiya uskunalari quvvati tiklangan. Shu tufayli poytaxt aeroportida reyslar kechiktirilmagan.
Shuningdek, mahalliy aviaqatnovlar va uchib kelish terminallari zaxira manbalariga o‘tkazilgan. Uzilishdan 15 daqiqa o‘tib, ya’ni soat 22:24 da xalqaro aviaqatnovlar terminalining jo‘nab ketish zalida ham elektr ta’minoti tiklangan.
Soat 22:40da “Qo‘yliq” shahar podstansiyasida yuz bergan avariya bartaraf etilib, poytaxt aeroportida elektr ta’minoti to‘liq tiklangan.
LiveBarchasi