Toshkent davlat yuridik universitetining mas’ul xodimi javobgarlikka tortildi

3-sahifa

image

Toshkent shahrining Sayilgoh ko‘chasida joylashgan Toshkent davlat yuridik universiteti mas’uli javobgarlikka tortildi. Bu haqda Bosh prokuratura ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, arxitektura yodgorligi bo‘lgan sobiq “Ayollar va erkaklar gimnaziyasi”ning (XIX asr) kirish eshiklari o‘zboshimchalik bilan, tegishli ruxsat olinmasdan almashtirilgan.

“Holat yuzasidan sudning 2024 yilning 2 dekabrdagi qarori bilan binodan foydalanuvchi Toshkent davlat yuridik universiteti mas’ul shaxsi madaniy meros ob’ektlaridan foydalanish qoidalarini buzishda aybli deb topilib, jarima jazosiga tortildi”, deyiladi xabarda.

Ma’lumot uchun, 2022 yilda ham Toshkent Davlat yuridik universiteti tomonidan foydalanib kelinayotgan binolar mutaxassislar tomonidan o‘rganilganida tegishli ruxsatnoma olinmasdan, bino devorlari teshilib, qayd etish taxtachalari o‘rnatilgani va atroflari bo‘yalgani, sovitkich (konditsioner) dvigatellari hamda soyabonlar o‘rnatilgani aniqlangan. Holat yuzasidan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilib, sudga taqdim qilingan. Jinoyat ishlari bo‘yicha Yunusobod tuman sudining qarori bilan oliygohning mas’ul rahbari ma’muriy javobgarlikka tortilib, bazaviy hisoblash miqdorining 3 baravari miqdorida jarima qo‘llanilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Toshkent yuridik javobgarlikka

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing