Toshkent, Buxoro, Farg‘ona va Urganch aeroportlari sheriklikka beriladi
Jamiyat
−
05 avgust 2020
9866Toshkent, Buxoro, Farg‘ona va Urganch aeroportlari zararga ishlayotgani uchun ular sheriklikka beriladi. Bu haqda bugun, 5 avgust kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida o‘tkazilgan yig‘ilishда ma’lum qilingan. Yig‘ilishda energetika, transport, kommunal xo‘jalik va tibbiyot sohalarida davlat-xususiy sheriklikni kengaytirish masalasi ko‘rib chiqildi.
Xalqaro ekspertlarning tahliliga ko‘ra, O‘zbekistondagi mavjud aeroportlarni modernizatsiya qilish uchun o‘rtacha 800 million dollar talab etiladi. Shu munosabat bilan, Jahon banki bilan birgalikda Toshkent, Buxoro, Farg‘ona va Urganch aeroportlarini “paket prinsipi” (zarar bilan ishlayotgan havo portlarini foyda keltirayotganlari bilan sheriklikka berish) asosida sheriklikka berish bo‘yicha texnik topshiriqlar ishlab chiqish vazifasi yuklatildi.
Eslatib o‘tamiz, Shavkat Mirziyoyev joriy yilning 25 may kuni transport sohasining barqaror ishlashini ta’minlash va izchil rivojlantirish masalalari bo‘yicha yig‘ilish o‘tkazgan edi.
O‘shanda raqobatni kuchaytirish uchun fuqaro aviatsiyasi bozoriga yangi tashuvchilarni jalb qilish, “Uzbekistan Airways”ni nufuzli xorijiy kompaniya boshqaruviga berish masalasi ko‘rib chiqilgandi.
Yig‘ilishda aeroportlarni modernizatsiya qilish, Andijon, Buxoro, Urganch va Qarshi xalqaro aeroportlarini davlat-xususiy sheriklikka berish bo‘yicha tender e’lon qilinishi belgilangandi.
LiveBarchasi
Putin xalqiga murojaat qildi.
21 noyabr