Aeroport avtoturargohida Gentra yonib ketdi
3-sahifa
−
22 yanvar 2025 4763 1 daqiqa
Bugun, 22 yanvar’ kuni Toshkent Xalqaro aeroporti avtoturargohida turgan Gentra'da yong‘in chiqdi. Bu haqda Toshkent shahar FVB xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, bugun, 22 yanvar kuni soat 02:10 da Toshkent shahar Sergeli tumani, Qumariq ko‘chasida joylashgan Toshkent halqaro aeroporti avtoturargohida avtomobil yonayotgani haqida Toshkent shahar FVBga xabar tushgan.
Shunga ko‘ra, yong‘in soat 02:21 da o‘chirilgan. Yong‘in oqibatida halok bo‘lgan va jabrlanganlar bo‘lmagan.
Hozirda yong‘in sababi va keltirilgan moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkent shahrining Chilonzor tumanida Nexia turgan joyida yonib ketgandi.
Mohimbegim Ma’rufaliyeva
Live
Barchasi31 dekabr 2025
Farg‘ona davlat texnika universiteti rektori Qo‘ng‘irotboy Sharipovga yangi o‘rinbosar bo‘ldi.
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
29 dekabr 2025