Qamchiq dovonida yangi tonnel quriladi
Jamiyat
−
05 avgust 2020
7052O‘zbekistonning Qamchiq dovonida davlat-xususiy sheriklik asosida yangi tonnel qurilishi rejalashtirilmoqda. Bu haqda mamlakat rahbari Shavkat Mirziyoyev bugun, 5 avgust kuni o‘tkazgan yig‘ilishida topshiriq bergan. Yig‘ilishda energetika, transport, kommunal xo‘jalik va tibbiyot sohalarida davlat-xususiy sheriklikni kengaytirish masalasi ko‘rib chiqildi.
“Transport va logistika tarmog‘i haqida gap ketar ekan, ushbu sohada ham amalga oshirilayotgan ishlar umuman qoniqarli emasligi qayd etildi”, deb yozadi Prezident Matbuot xizmati.
Yig‘ilishda sohani rivojlantirishning keyingi davrida 27 milliard dollar talab etilishi ma’lum qilingan.
Misol uchun, bugungi kunda Qamchiq dovoni orqali Toshkentdan Andijonga borish uchun tirbandliklar sababli 5-6 soat vaqt sarflanadi, undan 22 ming avtomobil o‘tadi. Bu ko‘rsatkich kelgusi 5 yilda 40 mingga yetadi. “Toshkent-Andijon” pullik avtomobil yo‘li ishga tushgan taqdirda masofani bosib o‘tish 3 soatgacha qisqaradi, transport harakati esa 70 foizgacha oshadi.
Shu bois davlat rahbari Qamchiq dovonida yangi tonnel qurish bo‘yicha tender-loyiha hujjatlarini ishlab chiqish va tender e’lon qilish muhimligini ko‘rsatib o‘tgan.
LiveBarchasi