Qamchiq dovonida yangi turizm maskani barpo etiladi

Jamiyat

image

Namangan viloyatidan o‘tgan Qamchiq dovonida turizm maskani barpo etiladi. Bu haqda viloyat hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, vodiyni Toshkent bilan bog‘laydigan dovonning Namangan viloyatidan o‘tgan qismida zamonaviy dor yo‘li va dam olish majmuasi quriladi. Loyiha 90 gektar maydonni qamrab oladi va uni Avstriyaning Doppelmayr / Garaventa guruhi amalga oshiradi.

Joriy yilning 13 oktyabr kuni Namangan viloyati hokimi Shavkatjon Abdurazzoqov Doppelmayr / Garaventa guruhi vakillari – Joxannes Triyebnik, Valeriy Yashin, Yevgeniy Kuprinni qabul qilib, loyihaning ahamiyati va amalga oshiriladigan qurilish ob’ektlarini muhokama qilgan. Xabarda qayd etilishicha, mazkur loyihani Namanganning yirik tadbirkorlaridan biri Jobirxon Kamoliddinov moliyalashtirmoqda.

Ma’lumot uchun, Doppelmayr / Garaventa guruhi Avstriya va Shveysariyada tashkil topgan, kanatli yo‘llar (ropeways), gondolalar, liftlar, yo‘lovchi va material tashish sistemalari ishlab chiqaruvchi yirik kompaniyalar guruhi. Guruh turli texnologiyalar, sistemalar va xizmatlar bo‘yicha yetarlicha keng portfelga ega. Kompaniya dunyo bo‘ylab 96 ta mamlakatda 15 mingdan ortiq kanat yo‘llarini loyihalashtirgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Namangan viloyatidagi “Chortoq” suvombori atrofida turizm kompleksi, mehmonxona, restoran, dam olish va ko‘ngilochar maskanlar tashkil etilishi xaqar qilingandi.


Maqola muallifi

Teglar

Qamchiq dovoni turizm maskani

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing