Qamchiq dovonida yuk mashinasi yonib ketdi
3-sahifa
−
30 iyun
5964Bugun, 30 iyun kuni soat 00:45 da Qamchiq dovonidan o‘tgan A-373 avtomobil yo‘lining 268-kilometrida yuk mashinasi o‘t chiqishi oqibatida yonib ketdi. Bu haqda “Qamchiqavtoyo‘l” unitar korxonasi xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, “M-39 — Guliston-Bo‘ka-Angren-Qo‘qon va Andijon orqali O‘sh” avtomobil yo‘lining “Vodiy-Toshkent” yo‘nalishida harakatlanib kelayotgan Iveco rusumli yuk avtotransport vositasi boshqaruvni yo‘qotib YPX maskanidagi beton to‘siqqa borib urilgan. Oqibatda, yong‘in sodir bo‘lgan.
“Yong‘in bartaraf etildi. Hodisa oqibatida tan jarohati olganlar yo‘q. Avtotransport vositalari ikki tomonlama xavfsiz harakatlanmoqda”, deyilgan xabarda.
Eslatib o‘tamiz, avvaloroq “Qamchiq”da yuk mashinasi ag‘darilishi oqibatida ikki kishi halok bo‘lgani haqida xabar berilgandi.