Qamchiq dovonida transport harakati vaqt-vaqti bilan to‘xtatiladi

Jamiyat

image

Qamchiq dovoni hududidan o‘tuvchi A-373 avtomobil yo‘lining 110-kilometrida elektr tarmoqlari simlarini ta’mirlash ishlari olib borilayotgani munosabati bilan bugun, 3 dekabr kuni soat 17:00 gacha ushbu hududda transport vositalari harakati vaqti-vaqti bilan cheklanadi. Bu haqda Yo‘l harakati xavfsizligi xabar berdi.

Ma’lumotga ko‘ra, harakat xavfsizligini ta’minlash va tirbandlikning oldini olish maqsadida Yo‘l-patrul xizmati xodimlari mazkur yo‘l uchastkasida xizmat olib bormoqda.

Dovon yo‘lidan harakatlanuvchi haydovchilardan vaziyatni to‘g‘ri tushunish, tartibga soluvchi xodimlarning ishora va ko‘rsatmalarini bajarish, shuningdek, harakatlanish tezligini me’yorga muvofiq saqlash so‘ralmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkent shahrining Uchtepa tumanidagi Kichik halqa avtomobil yo‘lining ma’lum bir qismi vaqtinchaga yopilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Qamchiq dovoni

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing