“Qamchiq”da yuk avtomobili yonib ketdi (video)
3-sahifa
−
03 noyabr
3966Bugun, 3 noyabr kuni Qamchiq dovonida qisqa tutashuv sabab yuk avtomobili yonib ketdi. Bu haqda Yo‘l harakati xavfsizligi xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, soat 14:30 da Qamchiq dovoni hududidan o‘tuvchi A-373 avtomobil yo‘lining 226-kilometrida “Vodiy-Toshkent” yo‘nalishida kelayotgan yuk avtomobilida qisqa tutashuv sababli yong‘in yuzaga kelgan.
“Hozirda FVV xodimlari tomonidan yong‘inni o‘chirish choralari ko‘rilmoqda. Harakat xavfsizligi YPX xodimlari tomonidan to‘liq ta’minlanmoqda”, deyiladi xabarda.
Hodisa oqibatida jarohat olganlar yo‘q. Dovon yo‘lida vaqtinchalik harakat to‘xtatilgan. Yong‘in o‘chirilgach, harakat to‘liq ochilishi ma’lum qilingan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq “Vodiy-Toshkent” yo‘lida Mercedes-Benz Sprinter va 3 ta yuk avtomobili ishtirokida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘lgandi. YTH oqibatida CAMC rusumli yuk avtomobilida yong‘in yuzaga kelgandi. Yong‘in o‘t o‘chiruvchilar tomonidan bartaraf etilgandi..