Toshkent aholisi 12 milliondan oshishi mumkin
Jamiyat
−
12 fevral 2019
162762030 yilga borib poytaxtda istiqomat qiluvchilar soni 12 million, O‘zbekistonning boshqa shaharlarida esa aholi soni 24 millionga yetishi mumkin. Bu haqda “Xalq so‘zi” yozmoqda.
Qayd etilishicha, O‘zbekistonning urbanistik kelajagiga doir fikrlari bilan o‘rtoqlashgan Markaziy Osiyo va Kavkaz instituti raisi Frederik Starr hamda “Calatrava Grace Corporation” kompaniyasi ijrochi direktori Maykl Sellman ana shunday nekbin prognozni bildirgan.
Voqealar rivojining yana bir taxminiy yo‘nalishiga ko‘ra, kelgusida Namangan, Samarqand, Andijon, Buxoro va Nukus shaharlari Qarshi, Qo‘qon, Chirchiq, Farg‘ona, Jizzax hamda Urganch shaharlarini quvib o‘tib, yirik markazlarga aylanadi. Toshkent yoki unga yaqin joylashgan ikkinchi darajali katta shaharlar atrofida yo‘ldosh-shaharchalar bunyod etilishi ehtimoli ham bor.
Starr va Selmanning fikricha, O‘zbekiston o‘rtadan yuqori darajadagi daromadli mamlakatlar sxemasi asosida rivojlansa, yaqin o‘n yilliklar ichida u mislsiz yuqori urbanizatsiyaga erishadi. Bu esa hozirning o‘zidayoq yiliga millionlab yangi shahar uylari qurish zaruratini ko‘rsatib turibdi.
LiveBarchasi